
«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filialining sobiq boshlig‘i Qarshi shahridagi faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJ rahbari bilan jinoiy til biriktirib, filialning 1 mlrd. 800 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.