date
views 432

Angrenda 19 yosh qiz o‘z joniga qasd qildi

Angrenda 19 yosh qiz o‘z joniga qasd qildi
Angrenning “Beruniy” MFYda joylashgan uy molxonasidan 19 yoshli qizning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2004 yilda tug‘ilgan qiz R.N. 28 yanvar kuni soat taxminan 18:30 larda uyining molxona to‘siniga mato bilan o‘zini o‘zi osib, joniga qasd qilgan. Mazkur holat yuzasidan marhumaning yaqinlari va boshqa tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi “Nemolchi.uz” loyihasining yozishicha, qizni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit shantaj qilgan. Qiz u bilan uchrashishga kelmasa, allaqanday fotosuratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.

Milliy gvardiya matbuot xizmati hozirda Milliy gvardiya xodimi bilan bog‘liq keltirilgan ma’lumotlar tasdiqlanmaganini, surishtiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda 19 yosh qiz o‘z joniga qasd qildi