Pentagon: Falujada IShID etakchisi yo‘q qilindi

Pentagon: Falujada IShID etakchisi yo‘q qilindi
Pentagon: Falujada IShID etakchisi yo‘q qilindi

Pentagon ma’muriyati rasmiy vakili polkovnik Stiven Uorrenning bayonotiga ko‘ra, Iroqning Faluja shahrida IShID etakchisi Mohir al-Bilauiy yo‘q qilingan, deyiladi "Kun" nashrida.

«Biz 70dan ortiq jangari, xususan, al-Bilauiyni yo‘q qildik. U IShIDning Al-Falujadagi kuchlarini boshqargan», — degan Uorren.

Uning qayd etishicha, shahar 2 kun avval bombardimon qilingan. Biroq polkovnik IShIDning yana bir rahbari fransuz fuqarosi Fabyen Kleynning o‘ldirilganini tasdiqlay olmagan.

«Albatta, biz bu ma’lumotlardan xabardormiz. Ammo bu borada bir narsa deya olmayman», — deb xulosa qilgan Pentagon rasmiy vakili.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar