15:03 / 08.02.2023
419

Markaziy va Sharqiy harbiy okruglarda qo‘mondonlar o‘zgardi

Markaziy va Sharqiy harbiy okruglarda qo‘mondonlar o‘zgardi
O‘zbekiston Prezidentning tegishli farmoni bilan general-mayor Oybek Ozodovich Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2017 yil oktabrdan buyon general-mayor A.Saidov Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoni bilan polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik F.Ziyabayev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat