Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 22.03.2017 yildagi qaroriga asosan qarzdor S.Jumayevdan undiruvchi M.Yadgarova foydasiga bir nafar farzandining moddiy taminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 10.05.2017 yildan Byuroning Sariosiyo tumani bo‘limida ijro ishi yuritilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklanib, unga tegishli mol-mulklar mavjud emasligi aniqlanmagan.
Majburiy ijro harakatlari olib borish jarayonida, qarzdorning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, qarzdor yo‘qligi aniqlanib, qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qarorni ijro qilishlik uchun viloyat qidiruv shu’basiga yuborilgan.
Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor S.Jumayevga nisbatan qidiruv e’lon qilinganligi munosabati bilan ijro hujjatining ijrosi vaqtincha to‘xtatilgan.
Ijro harakatlari davrida, qarzdor S.Jumayevning yaqin qarindoshlari aliment to‘lovidan bo‘lgan qarzdorlikni o‘z zimmasiga olishdi va 01.10.2034 yilga qadar 126 mln. so‘m mablag‘larni aliment uchun to‘lab berishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)