15:19 / 28.03.2023
631

Yangiyo‘l tumani sobiq hokimi nega qamalganiga aniqlik kiritdi

Yangiyo‘l tumani sobiq hokimi nega qamalganiga aniqlik kiritdi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani sobiq hokimi Narimon Hayitqulov 2011 yilda hokim sifatida 400 ming so‘mlik osh mahsulotini, shuningdek, 5 ming dollar pora olishda ayblanib, javobgar qilinganini aytmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
 
Sobiq hokim videochiqishida faoliyati davomida osh uchun 400 ming so‘mlik mahsulot, shuningdek, 5 ming dollar pora olishda ayblanib, ishdan ketgani-yu, javobgar bo‘lganini esga olgan.
 
2007 yildan 2011 yilgacha Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimida ishlaganman. 2008 yilda Yangiyo‘l tumanida respublikada birinchi bo‘lib 8 gektarlik bog‘ yaratganmiz. 28 ta korxona va tashkilot qurganmiz. 2009 yil birinchi prezidentimiz Islom Karimovning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq respublikadagi barcha hokimlar Yangiyo‘l tumaniga tashrif buyurib, seminar shaklida biz qilgan ishlarni ko‘rishgan. Bu gaplarni aytishdan asosiy maqsadim — bu tadbir ham alohida ko‘rsatma asosida tashkil etilib, aynan shu tadbirdan so‘ng meni 5 ming dollar pora olish, qolaversa, shu tadbirni o‘tkazish uchun 400 ming so‘mlik osh mahsulotlarini olishda ayblashgan”, — deydi sobiq hokim Narimon Hayitqulov.
 
Narimon Hayitqulovning esga olishicha, 2009 yil Yangiyo‘l tumani paxta zavodining sobiq boshlig‘ini tergov qilish paytida zavod direktoridan unga qarshi ko‘rsatma olinib, 2011 yilda javobgarlikka tortishgan.
 
2009 yilda Yangiyo‘l tumani paxta zavodining sobiq rahbarini jinoiy javobgarlikka tortish vaqtida sobiq direktordan menga qarshi ko‘rsatma olinib, seminarda 400 ming so‘mlik osh mahsulotini olishda, 5 ming dollar pora olishda ayblashgan. Vaholanki, bu ayblovlar hech qanday dalillar bilan isbotlanmagan. Sobiq direktor ko‘rsatmasida u pulni men o‘tirgan joyga kelib, kostyumimning cho‘ntagiga solib ketganini aytgan. Bu lekin isbotlanmagan.
 
Yangilanayotgan konstitutsiyamizning 28-moddasida esa bunaqa holatlarga alohida urg‘u berilib, shaxsga nisbatan bo‘layotgan ko‘rsatmalarga dalillar bo‘lmasa, shaxsning foydasiga hal etilishi kerakligi belgilangan. Bundan tashqari, qarindosh-urug‘chilik bo‘yicha ham to‘xtab o‘tilgan va biror-bir shaxs qamalganda uning qamalgani qarindoshlariga ta’sir ko‘rsatmasligi belgilab qo‘yilgan. Shu nuqtai nazardan yangilanayotgan konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlab, barchani referendumda faol bo‘lishga chorlab qolaman”, — deydi sobiq hokim.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat