Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 27.12.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.Jabborovda turgan undiruvchi “L.B.C.” MCHJga tegishli "MTZ-80" rusumli traktorni qayta olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Shovot tumani bo‘limi ish yurituviga 20.01.2023 yilda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida transport vositasi qarzdor Sh.Jabborovning yashash xonadonida ekanligi aniqlanib, tegishli tartibda undiruvchiga qayta olib berilishi ta’minlandi.
Bekzod Atajanov,
Byuroning Shovot tumani bo‘limi davlat ijrochisi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar