15:18 / 08.04.2023
137

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda ikki kun ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda ikki kun ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning taʼmirlanishida ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish jarayoni sabab ayrim manzillar suvsiz qoladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, quyidagi tumanlarda 10-aprel soat 09:00 dan 12-aprel soat 09:00 gacha ichimlik suvi o‘chiriladi:

Sergeli tumani

  • “Jun”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on”, “Qubaytepa”, “Yuqori Darxon”, “Qut-baraka”, “Sug‘diyona”, “Qumariq”, “Oltin vodiy”, “Uchuvchilar”, “Bunyodobod” mahallalarida.

Yangihayot tumani

  • “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Chorbog‘”, “Yo‘ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Chortoq”, “Iqbol”, “Fayzli”, “Toshkent” mahallalarida.

Yakkasaroy tumani

  • “Boshliq”, “Qushbegi” mahallalarida. Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, Abdulla Qahhor ko‘chalarida.

Mirobod tumani

  • “Temiryo‘lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahallalarida.

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat