21:59 / 10.04.2023
198

Jalaquduqdagi dorixonaning 506 mln. so‘mlik dorilari xatlab qo‘yildi

Jalaquduqdagi dorixonaning 506 mln. so‘mlik dorilari xatlab qo‘yildi
Jalaquduq tumanidagi dorixonalardan birining 506 mln. so‘mlik dori-darmonlari xatlab qo‘yilgan. Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, ta’sis hujjatlarida “S.I.G‘.SH” MCHJ sifatida nomi keltirilgan dorixona “Spring pharmaceutic” MCHJdan 7 xil turdagi dori darmon vositalarini sotib olgan.
 
Biroq to‘lovlarini to‘lay olmagach, “Spring pharmaceutic” MCHJ sudga da’vo kiritgan. Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudi da’voni qanoatlantirib, jami 520,9 mln. so‘m qarzdorlikni “S.I.G‘.SH” MCHJdan undirilishi bo‘yicha ijro hujjati chiqargan.
 
Mazkur ijro hujjatiga asosan Byuroning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, bu haqda taraflarga ma’lum qilingan.
 
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyat qarzlarini to‘lay olmagani sabab, dorixonadagi 7 xil turdagi jami 506 mln. so‘mlik dori-darmon vositalari xatlab qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat