17:05 / 19.04.2023
111

Olmaliqda  MCHJ ga tegishli yuk mashinasi xatlandi

Olmaliqda  MCHJ ga tegishli yuk mashinasi xatlandi
 Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining 28.11.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Sino Samosi” MCHJdan undiruvchi “Toshkent xududiy elektor tarmoqlari” AJ foydasiga jami 57,7 mln  undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shaxar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
 
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “Sino Samosi” MCHJ rahbari bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lamagan.
 
 Qarzdorga tegishli mol mulkini aniqlash jarayonida “DONG FEN” rusumli avtotransport vositasi aniqlanib, undiruv ushbu avtotransport vositasiga qaratish maqsadida ro‘yxatga olinib xatlangan. Realizatsiya qilish jarayonida  qarzdor “Sino Samosi” MCHJ dan tomonidan barcha qarzdorliklar to‘liq to‘langan.
 
 Natijada mazkur ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda ijro etilib tamomlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat