Kredit qarzi qimmatga tushdi: qarzdorning qidiruvdagi avtomobili topilib xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 09.02.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan “Mikrokreditbank” ATB Andijon filiali foydasiga fuqaro A.O.dan 48,8 mln. kredit qarzini undirish belgilangan.
Biroq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun berilgan muddat davomida majburiyatlar bajarilmagan.
Shundan so‘ng Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdorga tegishli “HAVAL” M6 rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida transport vositasi joylashuv manzili aniqlanib, qonunda belgilangan tartibda xatlandi.
Mazkur chora sud hujjatining ijrosini ta’minlash, shuningdek, undiruvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llanildi. Qarzdor tomonidan qarzdorlik to‘liq qoplangan taqdirda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qarzdorni avtotransportiga qo‘yilgan cheklov va qidiruv bekor qilinib, unga nisbatan bir muncha yengillik bo‘lar edi.
Majburiy ijro byurosi fuqarolarni kredit va boshqa moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga chaqiradi. Zero har bir bajarilmagan majburiyat mulkiy cheklovlar va boshqa huquqiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.































Izohlar 0
…