09:36 / 25.04.2023
166

Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi

Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi
Foto: IIV axborot xizmati
28 aprel kuni Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi. 
 
Qayd qilinishicha, tadbirning ahamiyati – bir tomondan insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirish.
 
«Avtomobilsiz kun» tadbiri Toshkent shahrining ba’zi hududlarida o‘tkaziladi. Uning doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat