![Surxondaryoda qaynaka onasiga yaxshi qaramagan kelinini urib, jag‘ini sindirdi](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-26_09-49-02.jpg)
Kadr: Instagram
Surxondaryo viloyati Denov tumani yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ining akasi tomonidan kaltaklangandi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Aniqlanishicha, mazkur voqea tumanning “Elobod” mahallasida 21 aprel kuni soat 17:00 larda sodir bo‘lgan. Jabrlangan ayolning qaynonasi kelini unga yaxshi qaramayotganini o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘liga ma’lum qilgan. Bundan jahli chiqqan erkak ukasining rafiqasi farzandi bilan yashaydigan xonadonga bostirib borgan va ayolni do‘pposlagan.
“Ikki kishi bo‘lib urgan. Birinchi qaynag‘asi kelgan, uyga kirgizgan. Izidan 5 daqiqa o‘tib, o‘g‘li kelib, urgan. Ahvolini ko‘ryapsizlar, suv ham icha olmaydi, jag‘ini tikib tashlashgan. Qaynonasi 80 dan oshgan momo, kunini bermaydi”, — deydi jabrlanuvchining qizi.
Shifokorlarga ko‘ra, jabrlanuvchi Denov tumani markaziy kasalxonasida yuz-jag‘ jarrohi yo‘qligi sababli xususiy klinikada operatsiya qilingan. Umumiy ahvolini nazorat qilish uchun tuman tibbiyot birlashmasida nazoratda turibdi.
Lavhada aytilishicha, holat mas’ullar tomonidan nazoratga olingan, ayolga qo‘l ko‘targan erkakka nisbatan qonuniy chora ko‘riladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar