date
views 119

Wizz Air O‘zbekiston shaharlariga parvoz geografiyasini kengaytiradi

Wizz Air O‘zbekiston shaharlariga parvoz geografiyasini kengaytiradi
Foto: Uzbekistan Airports axborot xizmati
Toshkentda Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva va Wizz Air Group kompaniyasi prezidenti Robert Keri o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.
 
Xususan, Wizz Air aviakompaniyasining O‘zbekiston shaharlariga parvozlari geografiyasini kengaytirish va Toshkentga parvozlar chastotasini oshirish, Yevropa davlatlariga yangi yo‘nalishlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab Vengriyaning WizzAir loukoster aviakompaniyasi birinchi marta Samarqandga muntazam parvozlarni amalga oshira boshlagan edi. Joriy yilning yanvar oyidan boshlab aviatashuvchi Abu-Dabi va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Wizz Air O‘zbekiston shaharlariga parvoz geografiyasini kengaytiradi