11:08 / 04.05.2023
304

Toshkentda 42 yoshli ayol o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi

Toshkentda 42 yoshli ayol o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi
Kadr: Telegram
Toshkent shahar IIBB Olmazor tumanida bir ayol o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yuborgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, 2 may kuni soat 10:00 larda Olmazor tumani Qora qamish 2/4 dahasidagi savdo do‘konlaridan birining oldida 42 yoshli D.Q. bir nechta fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashgan. So‘ngra o‘zaro kelisha olmay janjallashib, o‘zini noodatiy tutgan holda norozilik bildirib, yonida bo‘lgan yelim idishdagi benzinni ustiga quyib, o‘z-o‘zini yoqib yuborgan.
 
Natijada ayol yuzi, ikkala qo‘li, tanasining oldi qismi 35 foiz termik kuyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
 
Shuningdek, o‘tkazilgan birlamchi surishtiruv davomida D.Q. bundan oldin ham fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashib janjallashgani hamda bir necha marotaba o‘zini yoqish holatlarini sodir etishga harakat qilgani, biroq xodimlar tomonidan buning oldi olingani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 42 yoshli ayol o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi