Toshkentlik fuqaro rafiqasiga salkam 8 million so‘mlik guldasta sovg‘a qildi (Foto)

Toshkentlik fuqaro rafiqasiga salkam 8 million so‘mlik guldasta sovg‘a qildi (Foto)
Toshkentlik fuqaro rafiqasiga salkam 8 million so‘mlik guldasta sovg‘a qildi (Foto)

Ijtimoiy tarmoqlarda 7500 dona atirgullardan iborat ulkan guldastaning suratlari tarqaldi, deb yozmoqda “Darakchi.uz” nashri.

Mazkur suratni internetga joylagan foydalanuvchi uni quyidagicha izohladi:

“Bugun mening qo‘shnim o‘z rafiqasining tug‘ilgan kuniga mana shunday chiroyli guldastani sovg‘a qildi. Guldasta 7500 dona atirguldan iborat. Yashang, qo‘shni! Har bir ayolga mana shunday guldasta sovg‘a qilinishini tilayman!”

Ulkan guldastaning suratlari internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilindi. Kimdir guldasta sovg‘a qilinayotgan ayolga xavas qilishini aytsa, yana kimdir “bunday katta guldastaning o‘rniga boshqa sovg‘a bersa bo‘lardi” qabilidagi izohlarni yozib qoldirmoqda.
Toshkentlik fuqaro rafiqasiga salkam 8 million so‘mlik guldasta sovg‘a qildi (Foto)

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday ulkan guldastaning narxi salkam 8 million so‘mni tashkil etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar