date
views 363

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti
“O‘zgidromet” 22–24 may kunlari respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 mayda 13-18 daraja, 23-24 mayda 15–20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–23 mayda 17–22 daraja, 24 mayda 15–20 daraja, kunduzi 22 mayda 33–38 daraja, 23–24 mayda 30–35 daraja bo‘ladi.
 
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 may va 24 mayda 17–22 daraja, 23 mayda 19–24 daraja, kunduzi 22 mayda 33–38 daraja, 23–24 mayda 30–35 daraja bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 25–30 darajagacha ko‘tariladi.
 
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 17–22 daraja bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti