Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish, mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimini oshirish, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilish bilan izohlanadi.
Joriy yilning 30 may kuni Evercome turizm sohasidagi PR, Unincoming Tour SL sayyohlik va Air Travel Management aviaservis kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar tashkil etildi.
Unincoming Tour SL turkompaniyasi rahbari Oskar Latso bilan muzokaralarda mamlakatga tashrif buyurayotgan Ispaniya sayyohlari uchun qulay turpaketlarni ishlab chiqish va O‘zbekistondagi turkompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Air Travel Management yetakchi aviaservis kompaniyasi bosh direktori Mariya Tereza Dios bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida Uzbekistan Airways AJ yoki boshqa xususiy aviakompaniyalar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishning mavjud imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘tarilgan masalalarni yaqin kunlarda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan ispan kompaniyasi hamda O‘zbekiston Transport vazirligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokidagi videomuloqot davomida atroflicha muhokama qilishga hamda natijalari bo‘yicha amalga oshirish choralarini ishlab chiqishga kelishib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Tramp: Rossiya Gitler va Napoleonni mag‘lub etgan, Moskva mag‘lubiyatini kutishning hojati yo‘q
Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Chexiya prezidenti: "Urush oqibatida Ukraina hududlarini yo‘qotadi”
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi