20:22 / 14.06.2023
202

Xorazmda fuqarodan “ko‘chada tinch yurishi uchun” pul talab qilgan shaxslar ushlandi

Xorazmda fuqarodan “ko‘chada tinch yurishi uchun” pul talab qilgan shaxslar ushlandi
Xorazmda 38 yoshli fuqarodan ko‘chada tinch yurishi uchun pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
 
IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 9 iyun kuni 38 yoshli I.U. undan 36 yoshli M.B. va 30 yoshli M.E.lar ko‘chada tinch yurishi uchun pul talab qilayotgani, bermasa unga tegishli bo‘lgan mol-mulkiga shikast yetkazishlari mumkinligi haqida hududiy IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
 
Arizaga asosan olib borilgan surishtiruvlarda aniqlanishicha, I.U. 2022 yil 6 dekabridan shu kunga qadar ularga 58 mln so‘m miqdorida pul berib kelgan.
 
Arizada bildirilishicha, joriy yilning 6-8 iyun kunlari ham M.B. va M.E.lar fuqaroga qo‘ng‘iroq qilib, 10 ming dollar talab qilgan. Aks holda uni tinch qo‘ymasligini bildirib, ushbu pullarni olib kelmagan taqdirda, unga tegishli bo‘lgan transport vositalarini tortib olib qo‘yish bilan qo‘rqitishgan.
 
Olib borilgan tezkor tadbirda yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar arizachi bilan oldindan kelishilgan Gurlan tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Ilhomboy” kafesida uchrashib, undan talab qilingan 10 ming dollarini olayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan M.B. va M.E.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,ushbu shaxslarga nisbatan “qamog‘ga olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda fuqarodan “ko‘chada tinch yurishi uchun” pul talab qilgan shaxslar ushlandi
ePN