13:11 / 16.06.2023
60

O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Foto: “Dunyo” AA
Nyu-Yorkda O‘zbekiston hamda Trinidad va Tobago o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
 
Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 144-davlat bo‘ldi. Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov hamda Trinidad va Tobagoning BMTdagi doimiy vakili Dennis Frensis imzoladi.
 
Trinidad va Tobago hamda O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qarorini dunyo va xalqaro hamjamiyatga rasman e’lon qilgan kun kelganidan xursandman. Biz Trinidad va Tobagoda buni Markaziy Osiyo mintaqasining muhim a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston bilan uzoq va o‘zaro manfaatli munosabatlarning boshlanishi deb bilamiz”, — degan Dennis Frensis kommyunikeni imzolaganidan so‘ng.
 
Trinidad va Tobago — Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohilida, Karib dengizidagi Trinidad va Tobago orollarida joylashgan davlatdir. Britaniya millatlar hamdo‘stligi va Amerika davlatlari tashkiloti a’zosi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
ePN