
Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchisi Muhsin Abdurahmonov Yaponiyaning Nippon Investment Operating Corporation (NIOC) kompaniyasi rahbari Nabi Mamajan, uning hamkori, Muroosystems Corporation bosh ijrochi direktori Pan Jongsin bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda tomonlar Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Yapon tomoni yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan dastlabki pilot loyiha bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar