08:23 / 18.06.2023
230

Xaridor pulni kelishilgan muddatda bera olmasa...

Xaridor pulni kelishilgan muddatda bera olmasa...
SAVOL:
Dadam mahalladoshimizga uy sotgan edi, 2020 yil oxiriga hamma pulni berishini aytgandi, lekin bermadi. Endi biz boshqa odamga sotsak bo‘ladimi yoki o‘sha odamga vaqtida bera olmagani uchun narxini oshirsak bo‘ladimi? O‘zi ham aytgan boshqaga sotavering deb.
 
JAVOB:
Aslida mushtariy pulni belgilangan muddatda bera olmasa, u diyonat nuqtai nazaridan nuqsonga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Ammo hukm qilish jihatidan unga shar’iy jazo yo‘q. Uning qo‘lidagi mulkni uning roziligisiz sotib bo‘lmaydi. Yoki muddat o‘tib ketgani uchun undan alohida haq undirib bo‘lmaydi. Agar o‘sha sotilgan narsani garovga olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘shanda uni sotish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, agar o‘zi rozi bo‘lib, sotishga yordam bering sizni pulingizni shuni sotib beraman desa, o‘zining roziligi bilan sotish joiz. Vallohu a’lam.
 
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xaridor pulni kelishilgan muddatda bera olmasa...
ePN