22:30 / 23.06.2023
423

Ostonasi tillodan uy nega buzildi?! Yoxud jajji yuraklarga berilgan zarba!

Ostonasi tillodan uy nega buzildi?! Yoxud jajji yuraklarga berilgan zarba!
Dilnavoz farzandli bo‘lgandan so‘ng tez-tez og‘rib qoladigan bo‘lib qoldi bunga ustaga-ustak otasidan ayrildi va tabiiyki ruhan ezilgan Dilnavoz(ismlar o‘zgartirilgan) ilgarigidek Abror akasiga va uning yaqin qarindoshlariga kerakli e’tibor bera olmay qoldi . Bundan achchig‘langan oila a’zolari Abror akasiga tinmay arz qila boshlashdi buni ta’siri oqibatida er-xotinning o‘rtasidagi mehr, ishonchni tiklab bo‘lmas darajada buzilishi va oxir-oqibatida er-xotin o‘rtasida bir-biriga nisbatan nafrat uyg‘onishi, bir-birini ko‘rganida, hatto, tajovuzga borishi kuzatila boshlandi.
 
Erning ota-onasi va xotin o‘rtasida nizo kelib chiqishi oqibatida Abror oldiga “Yo bizni deysan yoki Dilnavozni”deya shart qo‘yildi Abror tomonidan  Dilnavozdan voz kechish haqida qaror qabul qilishga majbur qiluvchi vaziyat yuzaga keldi. Oxir-oqibat oila buzildi.
Oradan vaqt o‘tdi Abrorni Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi ijrochilari tomonidan FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 03.03.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.Adan undiruvchi D.X. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun barcha daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirishi bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjati kelib tushganligi haqida ogohlantirildi.
Xabar topgan  Abror  Byuroning Qo‘shtepa tumaniga tashrif buyurdi va bo‘lim boshlig‘i bilan gaplashmoqchiligini bildirdi.
Bo‘lim boshlig‘i bundan xabar topgach zudlik bilan Abrorni qabul qildi va uni diqqat bilan tingladi. Masalani tushungan bo‘lim boshlig‘i Abrorga  aliment to‘lash tartibi haqida huquqiy tushunchalar berdi.
Shu qatorda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-son Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat uchun oldindan to‘lash mumkinligi haqida ham aytib o‘tildi.
Bundan o‘ziga xulosa chiqargan Abror 19.06.2023 yil kuni bir nafar farzandining ta’minoti uchun 2040 yilga qadar hisoblangan 264.557.949 so‘m miqdoridagi aliment pullarini oldindan to‘lab berdi.
 
Nigora Kadirkulova
Majburiy ijro byurosining 
Farg‘ona viloyati boshqarmasi 
tumanlararo bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ostonasi tillodan uy nega buzildi?! Yoxud jajji yuraklarga berilgan zarba!
ePN