17:26 / 27.06.2023
78

Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: “Faqat oldinga. Orqalaringda sizlarga prezident tayanch, suyanch bo‘lib turadi”

Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: “Faqat oldinga. Orqalaringda sizlarga prezident tayanch, suyanch bo‘lib turadi”
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Jizzax viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvi vaqtida matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
 
Fursatdan foydalanib, ommaviy axborot vositalari vakillarini, blogerlarni, barcha jurnalist, ijobiy va texnik xodimlarni ham matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yuragimdan tabriklab, ularga jasorat tilayman.
 
Hech qachon orqaga qaramanglar. Yangi O‘zbekistonda – faqat oldinga. 6,5 yil ichida nimaga erishdik desak, eng katta erishganimiz – ochiqligimiz, qo‘rquvimiz yo‘q bo‘lgani. Ochiqlik muhiti, demokratiya, so‘z va matbuot erkinligi, raqobat muhiti paydo bo‘ldi.
 
Odamlarning dunyoqarashi va ijro organlarining ham dunyoqarashi o‘zgaryapti. Oldin qanday, shunday muhit bormidi? Hech qachon yo‘q edi”, – dedi prezident.
 
Shavkat Mirziyoyev “adolat nuqtayi nazaridan, OAVda mas’uliyat va javobgarlik ham bo‘lishi kerak”ligini qayd etdi.
 
Bitta narsani hech qachon unutmanglar: faqat oldinga. Orqalaringda tayanch, suyanch bo‘lib, sizlarni prezident qo‘llaydi. Shuni hech qachon unutmanglar”, – ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: “Faqat oldinga. Orqalaringda sizlarga prezident tayanch, suyanch bo‘lib turadi”
ePN