15:43 / 04.07.2023
96

O‘zbekiston davlat OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston davlat OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan bakalavriat va magistraturaning davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • jami — 127 ming 259 ta;
  • budjet — 34 ming 930 ta (o‘zbek — 28 ming 569 ta, rus — 6 361 ta);
  • kontrakt — 92 ming 329 ta (o‘zbek — 73 ming 592 ta, rus — 18 737 ta).

Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • jami — kontrakt asosida 49 ming 78 ta;
  • o‘zbek — 42 ming 577 ta;
  • rus — 6 501 ta;

Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kechki taʼlim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • jami — kontrakt asosida 11 ming 125 ta;
  • o‘zbek — 9 455 ta;
  • rus — 1 670 ta.

Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining masofaviy taʼlim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • jami — kontrakt asosida 2 825 ta;
  • o‘zbek — 1 995 ta;
  • rus — 830 ta.

Qabul kvotalarining tasdiqlanishi

2022 yilda OTMlarga qabul kvotalari 15 iyunda tasdiqlangandi. Natijada hujjat qabul qilish jarayonlari odatiy 15 iyundan emas, 20 iyundan boshlanadigan bo‘lgan. 2021 yilda kvotalar 22 iyunda tasdiqlangan va shu kundan qabul boshlangan.

Maʼlumot uchun, 2022 yil 15 iyundagi prezident qaroriga asosan, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi. Qarorda, shuningdek, davlat OTMlariga (moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlari bundan mustasno) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari har yili 20 iyunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi belgilangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston davlat OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi
ePN