Foto: Ekologiya vazirligi
Toshkent hayvonot bog‘ida jajji qora pantera tug‘ildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent hayvonot bog‘ida Tayfun va Bagiraning bolasi — jajji pantera dunyoga kelgan.
Mag‘rur qora panteralar — Tayfun va Bagira bir kunda, 2018 yilning 15 iyulida tug‘ilgan. 2022 yilda esa Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelingan.
Qayd etilishicha, ayni damda panteralarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Jajji panteraning ahvoli yaxshi ekani aytiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar