15:36 / 17.07.2023
281

O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘ylab harorat nisbatan o‘zgarib turishi kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Haftaning boshi biroz issiq – kunduz kunlari +35...+40 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +42...+44 daraja bo‘ladi. Hafta o‘rtasidan harorat +33...+38 darajagacha biroz pasayishi kutilmoqda. Respublika janubida ham harorat +2..+3 darajaga pasayadi.

Bu hafta davomida hududning katta qismi bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respubikasi va Xorazm viloyatida 17 iyulda va 18 iyulga o‘tar kechasi hamda 21 iyul kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

17-18 iyul kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 19-20 iyul kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyul kunlari 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat asosan kunduz kunlari +37...+40 daraja, so‘ngra ish haftasining oxirigacha +36...+38 daraja bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
ePN