08:34 / 20.07.2023
304

Shavkat Mirziyoyev bu yil ham umra amallarini bajardi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

19 iyul — islom olamida boshlangan hijriy 1445-yil muharram oyining birinchi kunida O‘zbekiston prezidenti ehromga kirib, umra amallarini bajardi. Kaʼbatullohning ichida namoz o‘qish sharafiga muyassar bo‘ldi.

“Shavkat Mirziyoyev dinimiz arkonlariga muvofiq Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita saʼy qildi. Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinchligi va farovonligi, barcha yurtdoshlarimiz, yosh avlodimiz baxtu iqboli va yorqin kelajagini tilab duolar qilindi”, — deyiladi xabarda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, aynan shu kuni Kaʼbaning kisvasini almashtirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al-Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al-Saudning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib borgan edi. Jidda shahrining xalqaro aeroportida mamlakat yetakchisini Makka mintaqasi hokimi o‘rinbosari shahzoda Badr bin Sulton al-Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan. Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muzokaralar va umra amallaridan so‘ng Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning ilk Umra amallari

Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 19 avgust kuni Saudiya Arabistoniga ikki kunlik tashrifi yakunida Makka shahrida ham bo‘lib, Umra amallarini bajargan edi. Davlat rahbari islom dini arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz o‘qigan, talbiya aytib, Masjidul Haramga borgan edi. So‘ng davlat rahbari Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev bu yil ham umra amallarini bajardi (foto)
ePN