20:06 / 25.07.2023
650

Harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yoshli yigit o‘limiga nima sabab bo‘lgan edi?

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahriga kelib, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yoshli samarqandlik yigit vafot etgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati sud tibbiy ekspertiza xulosasini e’lon qildi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, FVVga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askar sog‘lig‘i yomonlashib, shifokorlarga murojaat qilgan va shifoxonaga joylashtirilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan askar shifoxonada vafot etgan. Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, askar o‘limiga o‘pkaning ikki tomonlama pnevmoniyasi asorati sabab bo‘lgan.

“Millar” dasturida ma’lum qilinishicha, 1999-yil aprel oyida Samarqand viloyatida tug‘ilgan yigit poytaxtdagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lgan. 27-iyun kuni askar 24 yoshida kasallik tufayli vafot etgani aytildi. Biroq marhumning oila a‘zolari bunga shubha qilmoqda.

“Salomatligida hech qanday shikoyat bo‘lmagan. Ukamning tanasida shilinib ketgan joyi bor, rasmga olganmiz. O‘z ajali bilan o‘lmaganda. Bizdan yashirishyapti. Yuz sohasida barmoq izi bor, og‘izni ichida yirtilish bor. Ukamga kuyovlik nasib etmadi”, — degan marhumning akasi.

FVV matbuot xizmatining bildirishicha, mazkur holat bo‘yicha Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Harbiy prokuratura tomonidan nazoratga olingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yoshli yigit o‘limiga nima sabab bo‘lgan edi?
ePN