14:42 / 27.07.2023
147

14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi

14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi

Foto: DPA

Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Abduvohob Hayitov so‘zlariga ko‘ra, 14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi.

Ta’kidlanishicha, qabul jarayonlarida 6834 nafar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirgan.

Mulozim masofaviy ta’lim shakli joriy etiladigan oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot bermadi.

Qayd qilinishicha, 2023 yilda 545616 nafar abituriyent kunduzgi, 22867 nafari kechki, 373169 nafari sirtqi ta’lim shakli uchun ro‘yxatdan o‘tgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi
ePN