date
views 212

O‘zbekistonda kelasi hafta harorat 30 darajadan pasayadi

O‘zbekistonda kelasi hafta harorat 30 darajadan pasayadi

Hafta oxirida harorat pasayishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Ma’lum qilinishicha, 11-avgust kuni O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan nisbatan salqin havo tarqala boshlaydi va harorat foni respublika bo‘yicha asta-sekin pasayadi. Kunduzi hududning katta qismida havo harorati 33-36 daraja atrofida bo‘ladi, hatto janubiy hududlarda ham 38-40 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Dam olish kunlari haroratning asta-sekin pasayishi davom etadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 30-32 darajadan, janubda 35 darajadan oshmaydi.

Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

12–13-avgust kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi chang-to‘zon bilan 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligining kuchayishi ba’zida 20-22 metr/sekundga yetishi mumkin.

Keyingi haftaning o‘rtasida kunduzgi havo harorati 27-30 darajagacha yanada pasayadi. Ayniqsa kechasi va ertalab havoning salqinlashishi sezilarli bo‘lib, harorat 13-16 darajagacha pasayadi.

Toshkentda 11–13-avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Bugun harorat kunduzi 34-36 daraja, shanba kuni 32-34 daraja, yakshanba kuni 30-32 daraja bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha esadi, kechalari 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kelasi hafta harorat 30 darajadan pasayadi