date
views 211

O‘zbekistonda qancha abituriyent talaba bo‘la olmadi?

O‘zbekistonda qancha abituriyent talaba bo‘la olmadi?

2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining (OTM) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu yilgi imtihonlardan 754 ming 579 abituriyent o‘ta olmadi.

Joriy yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining (OTM) bakalavriat yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun 948 ming 486 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi belgilangandi. Bilimni baholash agentligining bugungi (23 avgust) e’lonida ulardan jami 193 ming 421 nafari talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi. Shundan 42 ming 655 nafari davlat granti, 150 ming 766 nafari to‘lov-kontrakt asosida talaba bo‘lgan.

Tanlov natijalariga ko‘ra, davlat granti asosida o‘rtacha ball 119,3 ballni, to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball esa 93,3 ballni tashkil etdi.

Abituriyentlarning salkam yarmi (49,4 foiz) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Eng kam balldan past ball to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.

Joriy yilda maktablarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoshlar testga kirgan. Shularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plagan. 2023 yilda eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (41,9 foiz), eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida (27,1 foiz) qayd etilgan. Ya’ni Buxoroda joriy yili maktabni tugatgan o‘quvchilarning 72,9 foizi 56,7 balldan ko‘proq natija ko‘rsatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qancha abituriyent talaba bo‘la olmadi?
-->