date
views 384

Surxondaryo viloyati hokimi kaltaklangan direktorni holidan xabar oldi

Surxondaryo viloyati hokimi kaltaklangan direktorni holidan xabar oldi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi 28-sonli maktab direktori Umida Tursunovaning holidan xabar olish uchun tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga bordi.

Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bergan tashxislariga ko‘ra bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, boshning peshona tepa ensa sohasi ko‘plab ezilib yirtilgan jarohatlari, ikkala ko‘z yuqori va pastki qovoqlarga qontalashish diagnozi qo‘yilgan.

U.Tursunovaga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mutaxasislari tomonidan konsultatsiya qilinib, zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror. Uni RSHTYOIM viloyat filialiga ko‘chirish chorasi ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimi U.Tursunovaga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning to‘laqonli davolanishini o‘z nazoratiga olganligini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo viloyati hokimi kaltaklangan direktorni holidan xabar oldi