Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Departament xabariga ko‘ra, unda fuqaro S.S. fuqaro J.R.ni tanishlari yordamida 2 300 AQSH dollari evaziga Polsha Respublikasi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini va’da qilib, oldindan viza hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 900 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro J.T. fuqaro X.Z.ni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.