date

Issiqko‘lda qozoqlar va qirg‘izlar o‘rtasida janjal yuz berdi

Issiqko‘lda qozoqlar va qirg‘izlar o‘rtasida janjal yuz berdi

Qirg‘izistonning Issiqko‘lidagi dam olish maskanlaridan birida Qozog‘istondan kelgan sayyohlar va mahalliy aholi o‘rtasida janjal yuz berdi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Internet tarmog‘ida ushbu hodisaning videolavhasi paydo bo‘lgan. Unda, bir guruh erkaklar dam olish uyining hovlisida urushayotganini ko‘rish mumkin. Ularning yonida turgan ayol "bola bor!", - deya baqirayotgani ham tasvirga tushgan.

Nashrning yozishicha, aftidan qozog‘istonlik bir necha sayyoh mahalliy yigitlar bilan tortishib qolgach, o‘rtadagi tortishuvga bilak kuchi bilan oydinlik kiritishga qaror qilishgan.

Shu bilan birga, xabarlarga ko‘ra, ushbu voqea yuzasidan Issiqko‘l viloyati IIBga rasmiy ariza topshirilmagan bo‘lsa-da, "Moviy Issiqko‘l" pansionatiga operativ-tergov guruhi yuborilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Issiqko‘lda qozoqlar va qirg‘izlar o‘rtasida janjal yuz berdi