17:37 / 02.11.2023
132

Makron Mirziyoyevning siyosati haqida: “Bu – mintaqani barqarorlashtirishga qaratilgan siyosat”

Makron Mirziyoyevning siyosati haqida: “Bu – mintaqani barqarorlashtirishga qaratilgan siyosat”

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat va ikki mamlakat munosabatlari haqida gapirdi.

Bugungi fransuz-o‘zbek biznes forumini tashkillashtirgani uchun prezidentga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu shahar katta sivilizatsiyalarni birlashtirgan va savdo sohasida katta rol o‘ynagan.

Hurmatli prezident, men ochiq gapirmoqchiman. Siz 7 yildan beri ochiq siyosat olib bormoqdasiz. Bu – hududni, mintaqani tinchlantirish va barqarorlashtirish, shuning bilan birga iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish siyosati.

Biz bu siyosatingizni qo‘llab-quvvatlamoqchimiz va uni amalga oshirishda sizga yordam bermoqchimiz. O‘tgan yili sizni Parijdagi 2 ta tarixiy ko‘rgazma doirasida qabul qildim. Luvr muzeyi va arab dunyosi institutida bo‘lgan tadbirlarda uchrashdik.

Biz 2021 yilda iqtisodiy yo‘l xaritasini imzolagan edik. Hozirgina siz bilan shunday qarorga keldik: biz strategik hamkorlik qurishga kelishib oldik”, – degan Makron O‘zbekiston–Fransiya biznes-forumidagi nutqida.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat