«O‘zgidromet» 12 dekabr, seshanba kuni uchun ham ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -5...-7 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -15...-20 daraja, kunduzi -7...-12 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -7...-12 daraja, kunduzi -3...-8 daraja; Navoiy viloyatining shimolida kechasi -10...-15 daraja, kunduzi -5...-10 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -5...-10 daraja, kunduzi -3...-8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -1...-6 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -8...-13 daraja bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!