17:09 / 11.12.2023
114

Andijonda yuridik texnikum o‘quvchilari uchun "ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi

Andijonda yuridik texnikum o‘quvchilari uchun "ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzuida seminar hamda “ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda Andijon yuridik texnikumining 30 nafarga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida viloyat boshqarmasining katta inspektori Jamoliddin Odilov yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida to‘xtalib,  uning huquqiy-demokratik, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqimizning tinch, obod va farovon hayotini ta’minlash, milliy qonunchilik tizimini shakllantirish hamda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Savol-javob tarzida o‘tkazilgan seminar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va yangi Konstitutsiyaga oid normalarni oson o‘zlashtirishiga ko‘maklashdi.

Shuningdek, suhbat chog‘ida Byuro organlariga xizmatga qabul qilish talablari bo‘yicha tushunchalar berildi. Yoshlarda davlat ijrochisi kasbiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish borasida maslahatlar va tegishli tavsiyalar aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng, o‘quvchilar boshqarmaning alohida muhim ijro ishlarini ijro etish, surishtiruv va ma’muriy amaliyot sho‘balari, ixtisoslashtirilgan tumanlararo hamda Byuroning Andijon shahar bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida Byuroning Andijon shahar bo‘limida o‘quvchilar davlat ijrochilarining kunlik ish faoliyati tanishtirilib, ularga ijro hujjatlari bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan tushunchalar berildi. Ijro ishi yuritishda “MIB-portal” elektron dasturining afzalliklari sanab o‘tildi.

Bundan tashqari, xodimlarga yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar, ijro jarayonida yuzaga keladigan nizoli holatlarga yechim topish borasida fikr almashildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat