date
views 118

Jizzaxda katta pul evaziga fuqaroni AQSHga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Jizzaxda katta pul evaziga fuqaroni AQSHga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, uning Forish tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro A.X. fuqaro U.U.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 dollar evaziga Meksika davlati orqali AQSHga yuborishini aytib, shundan 10 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda katta pul evaziga fuqaroni AQSHga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi