
Foto: Getty Images
O‘zbekiston Bosh konsulligi ko‘magida Sirdaryo viloyati hokimligi va Xitoyning BGI kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda yangi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonda sholi va boshqa ekinlarning maxsus navlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama etildi.
BGI kompaniyasi vitse-prezidenti Terens Sion kompaniya faoliyati bilan o‘zbek tomonini tanishtirdi. Uning aytishicha, sholining maxsus navi bugungi kunda Guandun va Guansi provinsiyalari dalalarida sinovdan o‘tkazilgan va yuqori hosildorlik bilan birga suv hamda ishchi kuchini tejash bo‘yicha yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Mazkur maxsus nav Osiyoning janubiy mamlakatlarida ham sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar holati xususida ham fikr almashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar