Toshkentdagi Botanika bog‘ida 3 fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuniga bag‘ishlab “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirda 200 ga yaqin yosh ekofaollar, volontyorlar qatnashgan. Aksiya davomida ishtirokchilar bog‘dagi daraxtlarga qush inlarini o‘rnatib, unga ozuqalar qo‘ygan. Shuningdek, bog‘ning turli hududlariga ham ozuqalar tarqatilgan.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
Ekologiya vazirligi Volontyorlar va ekofaollar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Zarrina Abdullayevaning aytishicha, bu kabi tadbirlar respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan va unda jami 1500 ga yaqin yosh ekofaollar ishtirok etgan.
Ekovazirlik xabarida qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 487 turdagi qushlar mavjud. Bulardan 52 turdagi qushlar Qizil kitobga kiritilgan, ya’ni noyob qushlar hisoblanadi. O‘zbekistonda uchrovchi qushlarning 320 turi migratsiyada ishtirok etadi.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, Xalqaro qushlarni oziqlantirish kunining tarixi 1890 —1891 yillarga borib taqaladi. O‘sha yillari Yevropada qish juda sovuq keladi, Sena va Temza daryolari muzlaydi. Angliya nashrlarida esa odamlardan qushlarni boqib olish, parvarishlash so‘ralgan e’lonlar chop etiladi. Bora-bora Angliyada har yili qish faslida qushlarni oziqlantirish odat tusiga kiradi. Ko‘p o‘tmay qushlarni boqish butun dunyoda an’anaga aylanadi. 1984 yilda Xalqaro qushlarni oziqlantirish oyligi bo‘lib o‘tadi va 1994 yilda 3 fevral Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni deb e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi