O‘zbekiston prezidenti taklifiga binoan Aleksandr Lukashenko 7 fevral kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan. Shundan keyin Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyiga tashrif buyurdi.
Sport majmuasida belaruslik mehmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib olgan.
Tanishuv chog‘ida ular Toshkentning «Humo» va Ostonaning «Nomad» hokkey jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilishdi. O‘yin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan hokkey liboslari topshirildi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 8 fevral kuniga rejalashtirilgan.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, ularda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
O‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kommunikatsiyalar va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Professional ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari ham muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Shu kunlarda, tashrif arafasida Toshkent shahrida ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlari ishtirokida qator ishbilarmonlik tadbirlari – Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi