Andijon viloyati Marhamat tumanida Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marhamat tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro O.U. F.B.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari yordamida Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.M. fuqaro O.U.dan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi