2023 yilning yakunlari bo‘yicha dunyo bo‘ylab sayyohlar soni 1,3 mlrd kishini yoki pandemiyadan oldingi darajaning (2019 yilda 1,5 mlrd kishi) 88 foizini tashkil qildi. Shu bilan birga, 2023 yilda jahonda shakllangan yuqori turistik talab va narxlarning o‘sishi fonida turizm sektoridan tushgan daromadlar 1,4 trln AQSH dollariga teng bo‘ldi (2019 yildagi daromadlarning 93 foizi).
Markaziy bank tayyorlagan «Pul-kredit siyosati sharhi»da qayd etilishicha, 2023 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 6,6 mln kishini tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 27 foizga o‘sgan (2022 yilda – 5,2 mln kishi).
Turistlarning asosiy oqimi (79 foizi) qo‘shni mamlakatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Odatda ushbu davlatlardan aksariyat sayyohlar qarindoshlarni yo‘qlash, davolanish, o‘qish va savdo qilish maqsadida tashrif buyuradi.
Qolgan xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarning ulushi so‘nggi yillarda 15-20 foiz atrofida shakllanmoqda. Uzoq mamlakatlardan kelayotgan turistlarning tashrifidan asosiy maqsad sayohat bo‘lyapti.
Markaziy bank Sharhiga ko‘ra, turistlar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar iqtisodiyotda safarlar eksportida o‘z aksini topadi. 2023 yilda jami xizmatlar eksportida safar xizmatlari ulushi 41 foizga yetib, 2,1 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Bunda, O‘zbekistonga tashrif buyurgan bir sayyohning o‘rtacha qilgan xarajati 2023 yilda 323 dollarga (Sayyohlarning o‘rtacha qilgan xarajati umumiy safarlar eksportini mamlakatga tashrif buyurgan turistlar soniga nisbati orqali hisoblangan) to‘g‘ri kelib, oldingi yilga nisbatan 5 foizga oshdi.
«O‘sib borayotgan turistik oqim iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, xizmatlar sohasi ko‘lami kengayishi, bandlikni oshishi, xizmatlar xilmaxilligi va sifati oshib borishiga turtki beradi.
Shu bilan birga, ushbu tendensiya ichki bozorda qo‘shimcha iste’mol talabini vujudga keltiradi. Bunda, iste’mol tovarlari, xususan oziq-ovqat mahsulotlari va transport xizmatlari taklifini oshirib borilishi, kelgusida iste’mol narxlariga inflyatsion bosimni yuzaga kelishini oldini oladi», – deyiladi iqtisodiy sharhda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda