date
views 507

O‘zbekistonliklar Belarusga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Belarusga ishga taklif qilinmoqda
O‘zbekiston fuqarolari Belarusga 600 dollar maoshli ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi e’lon berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar Belarusning "Kamvol" tekstil korxonasiga ishga taklif etiladi. Ish turi: paxta va sintetik matolarga ishlov berish va bo‘yash. Quyidagicha imkoniyatlar berilgan:
  • ish haqi: 1600-1900 Belarus rubli (500-600 dollari) (soliqlar to‘langandan keyin);
  • ish vaqti: 5 kun 8 soatdan;
  • yotoqxona, aviachipta, tibbiy ko‘rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan.

Qayd etilishicha, ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan. Shuningdek, quyidagicha talablar mavjud:
  • 18-50 yoshgacha;
  • tajribaga ega bo‘lish;
  • suhbat darajasida rus tilini bilish;
  • sudlanmaganlik;
  • O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.


Ro‘yxatdan o‘tish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar Belarusga ishga taklif qilinmoqda