date
views 307

Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari ushlandi

Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari ushlandi
Tadbirkordan bajarilgan qurilish ishlari dalolatnomasini imzolash uchun 60 mln so‘m talab qilgan xo‘jalik rahbari qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari A.J. ushbu xo‘jalikda «O.H.» MCHJ tomonidan bajarilgan 612 mln so‘mlik qurilish ishlari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani imzolashi hamda 157 mln so‘m qarzdorlikni MCHJga o‘tkazib berishi evaziga tadbirkor L.O.dan 60 mln so‘m talab qilib, shundan 45 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari ushlandi