Foto: Getty Images
2023 yilda O‘zbekiston Amudaryo suvining 38,4 foizini ishlatgan. Bu taxminan 18,3 km kubga teng.
Meteojurnal'ning yozishicha, 2023 yil Amudaryo Afg‘oniston hisobga olinmaganda uch mamlakat – O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonga taxminan 47,58 km kub suv bergan.
Daryo suvidan eng ko‘p foydalangan mamlakat Turkmaniston bo‘lgan. Ushbu mamalkat Amudaryo suvining 42 foizini ishlatgan. Bu qariyib 20 km kub suv demakdir.
O‘zbekiston o‘tgan yili Amudaryoning 38,4 foiz (taxminan 18,3 km kub), Tojikiston esa 19,8 foiz (taxminan 9,4 km kub) suvidan foydalangan.
Nashrga ko‘ra, Turkmaniston suvdan samarasiz foydalanayotgan davlat orasida yetakchilardan biri. Rasmiy aholi ma’lumotlaridan kelib chiqilsa, Turkmanistonda 2023 yilda Amudaryodan suv olish aholi jon boshiga 6741,7 metr kubni tashkil qilgan.
Oylar kesimida ham Turkmaniston Amudaryodan eng ko‘p foydalanuvchi bo‘lgan. Faqat fevral, mart va iyul oylarida O‘zbekiston Turkmanistonga nisbatan Amudaryodan ko‘proq suv olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi