16:28 / 22.02.2024
960

“Registonga qurollangan qo‘riqchilari bilan bormoqchi edi” — Zoir Mirzayev afg‘on vaziri haqida

“Registonga qurollangan qo‘riqchilari bilan bormoqchi edi” — Zoir Mirzayev afg‘on vaziri haqida
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev xorijlik amaldorning O‘zbekiston tinchligi haqida aytganlarini yodga olib, unga “Sen qanday baxtli odamsan, qanday baxtli mamlakatda yashayapsan. Kechqurun 9-10 da ko‘chada bemalol yuribsan, men kun botganidan keyin yurmayman. Mening xavfsizligimga hech kim kafolat bermaydi dedi”, deganlarini yodga oldi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov xabar berdi.

"Men ko‘p aytib beraman, bir paytlar Samarqandda ishlaganimda Afg‘oniston energetika vaziri ziyoratga kelgandi. Kutib oldik. Qo‘riqchilari bir yigirmatacha edi. Mehmonxonadan chiqib, Registonga boramiz deb, pastga tushsak, taxminan 10 tacha avtomatchilar turibdi-da. Men nima bular desam, “Bular mening qo‘riqchilarim”, deydi. Qo‘ysangchi, odamlarni qo‘rqitma, bular miltiqni ko‘rmagan, qaysidir davlatda urush bo‘lganini eshitganmiz. SSSR paytida ota-bolalarimiz Vatan himoyasi uchun qurol ushlagan. Undan keyin qurol haqida biz maktabdagi darsda ko‘rganmiz. Odamlarni qo‘rqitmagin dedim. “Piyoda ketamiz, sen kafolat berasanmi”, dedi, men “kafolat beraman dedim”, — deydi Zoir Mirzayev voqea haqida gapirar ekan.

Hokimning aytishicha, shundan so‘ng Afg‘oniston vaziri va u Registongacha piyoda borgan.

"Qurollarni qoldirib, Registonga bordik. Registonga borguncha hamma assalomu alaykum hokim buva, assalomu alaykum, salom alik. Bu kishida mana bu yerigacha soqol. 68 yoshga kirgan odam. Lekin chaqqon. Registonga kirib kelganda tumonat odam. Kechki payt. Kun botarda borganmiz. Registonda haligi shou-panarama bo‘lardi. Qo‘yib berildi. Shuni ko‘ryapmiz, men unga gapiryapman, choy ichib o‘tiribmiz. Atrofimizda minglab odam turibdi. U gapirmaydi-da. Men unga yoqmayapti deb o‘yladim. Yoshi katta odam, mehmonning ko‘ngliga qaraymiz. Bu qonimizda bor, kelsa jonimizni ham beramiz. Tarjimonga yoqmayapti shekilli dedim. Tarjimon esa “yo‘q, yoqmayapti emas, u yig‘layapti”, dedi. Keyin chiqdik. Yarim yo‘lga kelguncha gapirmadi. Keyin yarim yo‘lda “Bilasanmi sen qanday baxtli odamsan, qanday baxtli mamlakatda yashayapsan? Lekin men bugun kun botganidan keyin ko‘chaga chiqolmayman”, dedi. “Sen kechqurun 9-10 da ko‘chada yuribsan, men kun botganidan keyin yurmayman, mening xavfsizligimga hech kim kafolat bermaydi”, dedi. “O‘zimning yonimda turganlar ham meni o‘ldirishiga ishonaman, bizda zamon shunaqa” dedi", — deydi Zoir Mirzayev voqeani eslar ekan.

Yodga olinishicha, o‘sha vazir hokimga har kuni uyquga yotar payti va tongda tirikligi uchun Allohga sajda qilib, shukrona aytishini ham gapirib bergan.

Foto: Videodan kadr
"Men ovqatimni yeganimdan keyin, kun botganidan so‘ng bola-chaqam bilan podvalda, bunkerda uxlaymiz dedi. Uxlashdan oldin bir soat Xudoga nola qilamiz, ertalab tirik uygonish uchun. Ertalab turib, bir soat butun oilam bilan Xudoga sajda qilamizki, tirik uyg‘otganiga rahmat deb, dedi", — deydi Zoir Mirzayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat