09:05 / 29.02.2024
161

To‘rt hududda «prava» olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

To‘rt hududda «prava» olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departament hamda DXXning Mo‘ynoq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.P. va Sh.T. va G.Sh. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berishini aytib, fuqaro S.X.dan 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departamentning Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.T. va M.Sh. fuqaro A.R.ning ishonchiga kirib, unga “D” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.Y. fuqaro O.O.ning ishonchiga kirib, unga “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “A.i.” MCHJ o‘rgatuvchisi Y.X. fuqarolar R.A. va N.Sh.ning ishonchiga kirib, ularga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat