«2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Qayd qilinishicha, bayram «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» bosh g‘oyasi asosida umumxalq sayillari shaklida o‘tkaziladi.
Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.
Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, «Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlar uchun dasturxonlar tashkil etiladi hamda turli xayriya tadbirlari amalga oshiriladi.
Navro‘z bayrami arafasida barcha hududlarida, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab teatrlashtirilgan konsert tomoshasi o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda umumxalq sayillari uyushtiriladi. Unga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk san’ati vakillari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlari jalb etiladi.
Bayram tadbirlari Toshkent shahrida – respublika budjeti va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy budjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
Prezident uy-joyga to‘lov qilish bo‘yicha yangi tizim bilan tanishdi
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi to‘rt barobar oshirildi
Toshkentda talabalarga chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil etildi